logo
Asosiy

FLAMI

Koreyada yashovchi o'zbeklar uchun eng arzon va eng yangi kitoblarni taklif qilamiz. O'zbek, rus va ingliz tilidagi kitoblarni online buyurtma qiling.

Tezkor Havolalar

  • Biz haqimizda
  • Xizmatlar
  • Bog'lanish

Bog'lanish

  • +82 10 4838 7177
  • info@flami.org
  • Janubiy Korea, Seoul
© 2025 FLAMI. Barcha huquqlar himoyalangan
Jakhon Yokubov tomonidan yaratilgan

    Kod Buzar. Jennifer Daudna,

    “Asaxiy Books” loyihamizdan yangi qadam, Uolter Ayzeksonning “Kod buzar” kitobi oʻzbek tilida. Time, The Washington Post, Smithsonian Magazine, Amazon, BookPage, Science News, Bloomberg tomonidan eng yaxshi kitoblardan biri sifatida tan olingan ilmiy-ommabop kitobni kutib oling. Sizni 736 betlik ilm-fan dunyosiga qiziqarli va hayajonli sayohat kutmoqda.

    Bestseller
    Batafsil
    Kod Buzar. Jennifer Daudna,
    Ko'proq ko'rish

    Kitoblar

    Kod Buzar. Jennifer Daudna,
    Books

    Kod Buzar. Jennifer Daudna,

    “Asaxiy Books” loyihamizdan yangi qadam, Uolter Ayzeksonning “Kod buzar” kitobi oʻzbek tilida. Time, The Washington Post, Smithsonian Magazine, Amazon, BookPage, Science News, Bloomberg tomonidan eng yaxshi kitoblardan biri sifatida tan olingan ilmiy-ommabop kitobni kutib oling. Sizni 736 betlik ilm-fan dunyosiga qiziqarli va hayajonli sayohat kutmoqda.

    Noldan birga. Startaplar
    Books

    Noldan birga. Startaplar

    №1 “NEW YORK TIMES” BESTSELLERI “Ushbu kitob dunyoda qiymat yaratish boʻyicha mutlaqo yangi va tetiklantiruvchi gʻoyalarni taqdim etadi” — Mark Sukerberg, Meta bosh direktori “Piter Til bir nechta ilgʻor kompaniyalarni qurdi va “Noldan birga” kitobi buni qanday qilishni koʻrsatadi.“ — Elon Mask, SpaceX va Tesla bosh direktori

    Henri Ford: Mening hayotim
    Books

    Henri Ford: Mening hayotim

    Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yoʻlini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan. Ford hayotining tilsimlari, muvaffaqiyatining sirlari haqida koʻplab asarlar bitilgan. Bu kitob uning oʻzi yozgan, yorqin, timsolli, qatʼiyat va ilhom bilan bitilgan asardir.

    Ibn Xaldun: Muqaddima
    Books

    Ibn Xaldun: Muqaddima

    Ibn Xaldunning "Muqaddima" asari o'rta asr Islom dunyosining mashhur tarixchi va mutafakkiri tomonidan yozilgan eng muhim ilmiy durdonalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar jamiyatshunoslik, tarix, iqtisodiyot va siyosat nazariyalari bo'yicha chuqur tahlillarni o'z ichiga olib, zamonaviy ilm-fan rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Muallif jamiyatlarning rivojlanishi va inqiroziga olib keluvchi omillar haqida keng ko'lamli fikrlar yuritib, "asabiyya" (ijtimoiy birdamlik) konsepsiyasi orqali sivilizatsiyalarning yuksalishi va tanazzulini tushuntiradi. Uning tahlillarida ko'chmanchi va o'troq xalqlar o'rtasidagi munosabatlar, iqtisodiy jarayonlar hamda siyosiy tuzilmalarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri batafsil yoritilgan.

    Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi
    Books

    Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi

    “Toʻrtinchi sanoat inqilobi” hodisasi oʻzining oʻlchami, koʻlami va murakkabligi bilan insoniyat boshidan kechirgan hech bir jarayonga oʻxshamaydi. Jismoniy, raqamli va biologik dunyoni birlashtirgan bir qator yangi texnologiyalar bilan tavsiflangan ishlanmalar barcha sohalar, jumladan, iqtisod, sanoat va siyosatga taʼsir koʻrsatmoqda va hatto inson boʻlish nimani anglatishi haqidagi gʻoyalarni ham shubha ostiga qoʻymoqda.

    Abdurazzoq Gurna: Jannat
    Books

    Abdurazzoq Gurna: Jannat

    Mahsulot ta'rifi Barchamiz Afrika qabilalari, ularning hayot tarzi, qit'adagi mustamlakachilik davri va uning oqibatlari, quldorlik davri haqida qayerdadir eshitganmiz, o'qiganmiz yoki ko'rganmiz. Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning "Jannat" romani inglizlar mustamlaka Afrikada mahalliy aholini o'z yerlaridan haydab chiqarayotgan va nemislar butun qit'a bo'ylab temiryo'l qurishni rejalashtirayotgan davrdagi voqealar asosida yozilgan.

    Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi
    Books

    Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi

    Mahsulot ta'rifi • Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin? • Butun mamlakatni elektr va gaz bilan uzluksiz taʼminlashning iloji bormi oʻzi? Odatda, korrupsiyani batamom yoʻqotish mushkulligini koʻp taʼkidlaydilar. Ammo Mixaíl Saakashvili buning uddasidan chiqdi va Gruziyada juda qisqa muddatda korrupsiyani yetarli darajada keskin kamaytirdi, byurokratiya va ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berdi, mamlakat iqtisodining sezilarli darajada oʻsishiga zamin yaratdi.

    Oq nilufarlar yurtida
    Books

    Oq nilufarlar yurtida

    Qo‘lingizdagi ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud. O‘z hayotini Rossiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Fransiya kabi mamlakatlarda o‘tkazgan yozuvchi olti yuz yil davomida Shvetsiyaning, so‘ngra Rossiyaning mustamlakasi ostida kambag‘al va mazlum hayot kechirgan Finlandiyaga uyushtirgan ko‘plab sayohatlarida ko‘rgan Fin xalqining milliy uyg‘onishini bu kitobda keltirib o‘tgan.

    1